So’nggi yangiliklar

06:58Мадагаскар Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 06:37Майами WTA 1000 турнири бош соврини ҳам "лимон" кимга насиб этди? 0 06:16Мозес Итаума - Жермейн Франклин жангида нокаут қайд этилди 0 18:17"Учрашувда" — Царукян Нина Драма билан тушган сурати орқали Пулласни "тролл" қилди + ФОТО 0 17:29"Реал" "янги Вальверде"ни кузатмоқда 0 17:04Райан Гарсия навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 16:23Макгрегор Махачев ва Перейра жанглари савдосига кулиб қўйди 0 15:57Шевченко Хабибнинг ММАдаги аёллар борасида билдирган эътирозини жавобсиз қолдирмади 0 15:29Аргентина бош мураббийи Лионель Мессининг ЖЧ-2026`да иштироки ҳақидаги вазиятни изоҳлади 0 15:08Макгрегор UFC’да яна бир ўзига хос рекорд эгасига айланди 0 14:47Царукян Пулласнинг Нина Драмани 10 000 евро эвазига учраштириш таклифига кескин жавоб берди 0 14:26Исраэль Адесанья Брюс Лини зиёрат қилди + ФОТО 0 14:05Саломон Рондон: "АПЛдаги хет-триким унутилмас, лекин Ўзбекистонга қарши ўйинда буни такрорлаш қийин" 0 13:39Де Ла Хойя "The Ring" журналини Туркига сотиб юборганидан афсусда 0 13:17Жавоҳир Синдаров иштирок этадиган "Номзодлар турнири" тақвими билан танишинг 0

01 fev 15:25
Yangiliklar

Futbol

Norchaev Portugaliyaga uchib keta olmadi. Uning "Braga"ga transferi amalga oshmaydi

O'zbekistonlik hujumchi Husayn Norchaev Portugaliyaning "Braga" klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

"Braga" futbolchiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun xat yuborgan. O'sha paytda Norchaev Dohada, O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida edi. Portugaliyada qishki transfer oynasi 3 fevral kuni yopilishi munosabati bilan futbolchi yig'inni oxiriga etkazmay Toshkentga qaytib kelishga majbur bo'ldi.

O'zbekistonda Portugaliya elchixonasi hamda vakolatxonasi yo'q. SHu bois futbolchining agentlari Toshkentdagi Franciya elchixonasi orqli Rossiyadagi Portugaliya elchixonasiga aloqaga chiqishgan. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham futbolchiga yordamga keldi. Biroq Portugaliya elchixonasi xodimlari qisqa muddatda viza tayyorlab bera olmasliklarini, futbolchidan dushanba kuni Moskvaga uchib kelishni so'rashgan. Norchaev dushanba kuni Moskvada emas, Portugaliyada bo'lishi kerak.

SHu sababli ham mazkur transfer amalga oshmaydigan bo'ldi.

"Football Group" agentligi va Husayn Norchaev bu transfer amalga oshishi uchun qo'ldan kelganicha yordam ko'rsatgan Franciya elchixonasiga, O'zbekiston futbol Associaciyasi va Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorchilik bildiradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing