12 iyu 19:37
Yangiliklar
Tennis
Nottingem (WTA). Marta Kostyuk vatandoshigi yutqazib qo'ydi
Dunyoning 17-raketkasi Marta Kostyuk Nottingem turnirining ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Qizig'i, ukrainalik tennis malikasi birinchi bosqichda WTA reytingida 127-pog'onada borayotgan vatandoshi Darya Snigurga 3/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Snigur bu g'alabasi bilan o'zaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini ham tikladi - 1:1.
Etmish daqiqa davom etgan bahsda Kostyuk 5, Snigur 1 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Martada uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik esa tabiiyki, g'olib tennischi tomonda - 4 ga 1! Endi Darya WTA 250 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning ikkinchi davrasida britaniyalik Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar