04 fev 16:08
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich: "10 kundan keyin hammasini aytib beraman"
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Avstraliyadan deportaciya qilinishiga izoh bermoqchi ekanligini tasdiqladi.
"Hibsda ekanligimda yolg'iz edim, lekin sizning yordamingiz o'zimni yolg'iz his qilmaslikka yordam berdi. Do'stlarim, oilam, yaqinlarim va barcha serbiyaliklar hayotimni osonlashtirdilar. Bu kutilmagan edi. Hech kim menga yordam bermasligi kerak edi, shuning uchun men minnatdorman. Men uchun o'zingizni xavf ostiga qo'ydingiz.
Rahmat! Men buni yodimdan chiqarmayman. Serbiya bilan munosabatlarim kundan-kunga mustahkamlanib bormoqda. Bu aloqa abadiydir. Men sodir bo'lgan voqealar haqida shu vaqtgacha hech nimani oshkor qilmadim, lekin sabrli bo'ling. 10 kundan keyin hammasini aytib beraman", — deya Novakning so'zlarini keltiradi Telegraf.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar