17 may 19:41
Yangiliklar
Novak Jokovich final haqida: "Rafael mendan yaxshiroq edi"
"Men finalda Nadalga qarshi o'ynaganimdan xursandman. O'ylashimcha, bu "Rolan Garros" uchun katta yordam bo'ladi. Ammo unga qarshi o'ynash, ayniqsa finalda, nihoyatda qiyin.
Nadal mendan yaxshiroq edi. Ammo bu uchrashuvda men o'z o'yinimning ijobiy tomonlarini ko'rdim. Men umuman charchoqni sezmadim va bir necha soat yaxshi o'ynay oldim. Endi dam olishim va kuch topishim kerak. O'ylashimcha, Serbiyadagi musobaqa boshlanishidan bir necha kun oldin mashg'ulotlarni boshlayman.
Rimdagi musobaqa menga "grunt"ga bo'lgan ishonchni kuchaytirishga, o'z o'yinimni topishga imkon berdi. Buni saqlab qolishim va Parijga eng yuqori cho'qqida kelishim kerak", - deya Jokovichning so'zlarini keltirmoqda serbiyalik jurnalist Sasha Ozmo o'zining Twitter'dagi sahifasida.
Fikrlar