11 may 08:48
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich: "Hozir Alkaraz shubhasiz dunyoning eng yaxshi tennischisi"
Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich 19 yoshli Karlos Alkarazni dunyoning eng yaxshi tennischisi deb bilishini aytdi.
“Hozir Alkaraz shubhasiz dunyoning eng yaxshi tennischisi. Buni uning joriy mavsumda erishgan natijalaridan ham bilish mumkin.
Madriddagi o'yinimizda uning bosimga bo'lgan munosabati va oxirigacha xotirjamlikni saqlab turishi meni hayratda qoldirdi. U chempionlikka loyiq edi.
Karlosning o'yini menda katta taassurot qoldirdi. Unda barcha xislatlar bor, u hujumda ham, himoyada ham teng darajada yaxshi o'ynay oladi. Hozir hamma u haqida gapirayapti.
Alkaraz albatta "Rolan Garros" chempionligi uchun asosiy davogarlardan biri bo'ladi”, - dedi Jokovich Rimdagi “Masters” musobaqasi oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar