22 fev 16:47
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/206499_220.jpg)
Novak Jokovich mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazdi
SHu kunlarda BAAning Dubay shahrida Dubai Duty Free Tennis Championships turniri bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich turnir startida ATR reytingida 58-o'rinni egallab turgan italiyalik Lorenco Muzettiga qarshi kortga chiqdi.
1 soatu 15 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jokovich raqibini 6/3, 6/3 hisobida mag'lub etdi va mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida Novak 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
Dubay turnirining ikkinchi davrasida Jokovich rossiyalik Karen Xachanov yoki avstraliyalik Aleks De Minaur bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar