13 apr 11:13
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich Monte-Karlo "Masters" 1/2 finalida
Tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
"Katta Dubulg'a" turnirlarining 24 karra chempioni Novak Jokovich musobaqaning 1/2 final ishtirokchisiga aylandi. Dunyoning birinchi raketkasi 1/4 finalda ATP reytingining 11-pog'onasidan joy olgan avstraliyalik Aleks de Minaurni 7:5, 6:4 hisobida taslim etdi.
Ikki soatu besh daqiqa davom etgan bahsda serbiyalik tennischi 2 ta eys, 5 ta breyk-poyntga erishib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Minaur esa 3 ta eys, 4 ta qo'shxato va 3 ta breyk-poynt qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar