13 apr 10:50
Yangiliklar
Novak Jokovich Monte-Karlodagi "Masters" startida sensacion tarzda mag'lub bo'ldi
Ikkinchi davra uchrashuvida Jokovich Ispaniya vakili Alexandro Davidovich-Fokinaga 3/6, 7/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirni erta tark etdi.
Uchrashuv 2 soatu 56 daqiqa davom etdi. Ushbu vaqt davomida Jokovich 1 marta eys zarbasiga amalga oshirib, 5 bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi va 11 ta breyk-poyntning 4 tasidan unumli foydalana oldi. Fokina esa 5 bor qo'sh xatoga yo'l qo'yib, 20 ta breyk-poyntning 9 tasida zafar quchdi.
Eslatib o'tamiz, Jokovich Monte-Karloda fevral oxiridan beri ilk rasmiy o'yinni o'tkazdi. Novak koronavirusga qarshi emlanmagani uchun Amerikadagi turnirlarni o'tkazib yuborgandi.
Malumot uchun, turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 5 mln 415 ming 410 evroni tashkil etadi. "Masters"ning amaldagi chempioni greciyalik tennischi Stefanos Cicipas hisoblanadi.
Fikrlar