22 apr 10:32
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich o'z uyida o'tayotgan turnirning yarim finaliga chiqdi
Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich Serbia Open turniri chorak finalida ATR reytingida 38-o'rinni egallab turgan hamyurti Miomir Kechmanovichga qarshi kortga chiqdi.
2 soatu 19 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jokovich raqibini 4/6, 6/3, 6/3 hisobida mag'lub etib, turnirning yarim finaliga yo'l oldi. Bu vaqt ichida Novak uchta eys va ikkita qo'sh xato qayd etdi. SHuningdek, u to'rtta breyk-poyntdan unumli foydalandi. Kechmanovich esa 4 ta eys, 1 ta qo'sh xato va 4 ta breyk qayd etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0, Jokovich foydasiga.
Belgraddagi turnir yarim finalida Jokovich rossiyalik Karen Xachanovga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar