16 jan 15:16
Yangiliklar
Novak Jokovich sud qaroriga munosabat bildirdi
"Bugungi sud majlisi yakuni bo'yicha qisqacha izoh bermoqchiman. Endi biroz dam olaman va tiklanishim uchun vaqt ajrataman. Keyinroq qo'shimcha izohlar berishim mumkin.
Bu qarordan juda xafa bo'ldim, yani endi Avstraliyada qolib, Australian Open'da qatnasha olmayman. Lekin men bu qarorni hurmat qilaman va Avstraliyadan ketishim borasida rasmiylar bilan hamkorlik qilaman.
So'nggi haftalarda barcha etibor menga qaratilganidan xijolat bo'lyapman. Umid qilamanki, endi bor etiborimni o'zim yoqtirgan o'yin va turnirga qaratishimiz mumkin. Dunyo bo'ylab tennischilar, menejerlar, xodimlar, ko'ngillilar va muxlislarga muvaffaqiyatli turnir tilayman.
Doim qo'llab-quvvatlab turgan oilam, do'stlarim, jamoam, muxlislarim va hamyurtlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Siz men uchun katta kuch manbai bo'ldingiz",-dedi Novak Jokovich.
Fikrlar