04 iyu 09:07
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich "Uimbldon" 1/8 finaliga chiqdi
Londonda bo'lib o'tayotgan mavsumning uchinchi "Katta Dubulg'a" turniri o'zining qizg'in pallasiga kirmoqda.
Sayyoramizning 3-raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich "Uimbldon"ning uchinchi davrasida hamyurti, jahonning 30-raketkasi Miomir Kechmanovichdan 6/0, 6/3, 6/4 hisobida ustun keldi.
Ushbu bahs 115 daqiqa davom etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Jokovich hali Kechmanovichga mag'lub bo'lmagan - 3:0.
Endi Novak "Uimbldon"ning to'rtinchi davrasida Niderlandiya vakili Tim van Raytxovenga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar