08 iyu 12:06
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich "Uimbldon" chorak finalida kortga chiqdi
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich Londonda o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining chorak final uchrashuvida g'alabaga erishdi.
Serbiyalik tennis yulduzi 2 soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda reytingning 48-pog'onasidan joy olib turgan vengriyalik Marton Fuchovichni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4, 6/4.
Novak bahs davomida 4 ta, Marton esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Endi Jokovich yarim finalda kanadalik Denis SHapovalovga qarshi kortga chiqadi.
SHu tariqa, Novak Jokovich 10-marotaba "Uimbldon" turnirining yarim finalida ishtirok etadi. U olti marotaba finalda o'ynab, besh bor bosh sovrin sohibiga aylangan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar