29 iyu 10:28
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich Uimbldonda chempionlik himoyasini muvaffaqiyatli boshladi
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Uimbldonning ilk davrasida britaniyalik Jek Dreyperga qarshi kortga chiqdi.
2 soatu 2 daqiqa davom etgan uchrashuvda jahonning birinchi raketkasi 34 yoshli Novak ATP reytingida 253-o'rinni egallab turgan 19 yoshli Dreyperni 4/6, 6/1, 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etdi. Tennischilar shu vaqtga qadar bir-birlari bilan uchrashishmagandi.
Jokovichning turnirdagi navbatdagi raqibi Janubiy Afrika vakili Kevin Anderson bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar