01 iyu 08:02
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich Uimbldonning uchinchi bosqichiga chiqdi
Jahonning birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich Uimbldonning ikkinchi davrasida jahon reytingida 102-o'rinni egallab turgan janubiy afrikalik Kevin Andersonni mag'lub etdi.
1 soatu 41 daqiqa davom etgan uchrashuvda Novak raqibini 6/3, 6/3, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 11:2, serbiyalik tennischi foydasiga.
Turnirning uchinchi bosqichida Jokovich Denis Kudla yoki italiyalik Andreas Seppi bilan o'ynaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar