07 iyu 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Nunes vs Spenser. UFC 250 turnirining markaziy jangi to'liq davom etdi + FOTO
AQSHning Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida UFC 250 turniri yakunlandi.
Hozirgina oqshomning markaziy jangi o'z nihoyasiga etdi. Unda ikki vazn toifasida jahon chempioni, braziliyalik Amanda Nunes kanadallik Felisiya Spenserga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq davom etgan.
Bu Nunes uchun yarim engil vazn toifasidagi birinchi chempionlik himoya jangi edi. CHempionlik jangi yakunida hakamlar bir ovozdan Amandaning g'alabasini taminlashdi. Bugun Nunes faoliyatidagi 20-g'alabasini tantana qildi. Uning hisobida 4 ta mag'lubiyat ham bor. Spenser esa 10-jangida ikkinchi mag'lubiyatini qarshi oldi. U qolgan 8 ta jangida zafar quchgan edi.
Havola :
Fikrlar