24 iyu 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov - Fergyuson. Jang muddati aniq
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur yakkakurash ustasi Xabib Nurmagomedov asosiy raqiblaridan biri Toni Fergyusonga qarshi jang fikridan qaytmayapti.
“Ayni paytda men sanatoriyada davolanyapman. Qaytishimning aniq sanasini ayta olmayman, lekin bu holat kuzda amalga oshinini tasdiqlayman. Yoz faslini hamisha tayyorgarlikka bag'ishlab kelganman. Kuzda esa o'z janglarimni o'tkazganman. Meni hozir faqat Fergyussonga qarshi jang qiziqtiryapti. Boshlangan ishni oxiriga etkazishim kerak”, – dedi Nurmagomedov.
Takidlash joiz, Xabib Nurmagomedov shu yilning mart oyida vaqtinchalik chempionlik kamarini uchun jangda aynan Toni Fergyuson bilan to'qnash kelishi kerak edi. Lekin Xabibning vazn tashlash bilan bog'liq sog'lig'ida yuzaga kelgan muammo sabab jang qoldirilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar