15 iyu 19:53
Yangiliklar

Nurmagomedov - Getji jangi Las-Vegasda o'tkaziladi
Sherdog saytining ishonchli manbalarga asoslangan holda xabar berishicha, "Yil jangi" sentyabr oyida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Saytning Nurmagomedovga atalgan profilida chempionlik jangining muddati va manzili ko'rsatilgan: 19 sentyabr 2020 yid, UFC Apex arenasi, Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH).
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Xabib Nurmagomedov MMAdagi faoliyatini 2008 yilda boshlagan. UFCdagi hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini 2019 yilning sentyabr oyida amerikalik Dastin Porega qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi. Xabib 28 jangning barchasida zafar quchgan. Getji esa shu yilning may oyida amerikalik Toni Fergyusonni chiroyli tarzda mag'lub etdi. Uning hisobida 22 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
Fikrlar