26 iyu 06:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov - Getji jangi sanasi va manzili malum
Aralash yakkakurash dunyosi tomonidan orziqib kutilayotgan engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun jang sanasi va manzili malum qilindi.
Unga ko'ra, chempion Xabib Nurmagomedov hamda vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi amerikalik Jastin Getji o'rtasidagi super to'qnashuv 19 sentyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabidagi "Jangchilar oroli"da UFC 253 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Bu malumotni har ikki jangchining menejeri bo'lgan Ali Abdul-Aziz ham tasdiqladi. U Instagram sahifasiga surat qo'yib, uning ostida izoh ham qoldirgan.
"Xabibning jamoasi, tez orada UFC 253", - deya xabar qoldirgan Abdul-Aziz.
Malumot uchun, avvalroq UFC 253 turnirining 19 sentyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tishi malum qilingan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar