12 iyu 08:08
Yangiliklar

Nurmagomedov "Jangchilar oroli"da oktagonga ko'tariladi
Umar Nurmagomedov engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning jiyani hisoblanadi. Umar o'tgan yili Toshkentda GFC 20 turnirining markaziy jangida argentinalik raqibiga qarshi oktagonga ko'tarilib, g'alaba qozongan va shundan so'ng UFC bilan shartnoma imzolagan edi.
Xabib va Umar Nurmagomedovning menejeri hisoblangan Rizvan Magomedovning aytishicha, kichik Nurmagomedovning UFC promoushenidagi debyut jangi Abu-Dabidagi "Jangchilar oroli"da bo'lib o'tadi.
"Iyul, "Jangchilar oroli", — deya Rizvan Magomedovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Hozircha Umar Nurmagomedovning jangi UFCning aynan qaysi turnirida o'tkazilishi malum emas. Promoushen 11 iyuldan 25 iyulgacha "Jangchilar oroli"da jami to'rtta turnir o'tkazadi.
Aslida Umar Nurmagomedov UFCdagi debyutini 18 aprel kuni UFC 249 turnirida o'tkazishi kerak edi. Lekin pandemiya sabab bu debyut bekor bo'lgandi. 24 yoshli Umar hisobida MMAda o'tkazilgan 12 ta jang bor. U barcha janglarda g'alabaga erishgan.
Fikrlar