04 apr 10:49
Yangiliklar

Nurmagomedov: Makgregor doim ikkinchi raqamli bo'lib qolaveradi
Xabibning fikricha, irlandiyalik sportchi doim ikkinchi raqamli bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.
"2018 yilning 6 oktyabrida nima bo'lgandi? Konorda mashg'ulot uchun 6 oy vaqt bor edi. U mashg'ulot qildi, men haqimda yomon gaplar aytdi. Qafas ichiga tushganimizda esa jo'jachaga aylanib qoldi. Bu erda yana nima deyish mumkin?
Konor doim ikkinchi raqam bo'ladi. Doim. Uning raqami ikki. U hech qachon menga qarshilik qila olmaydi. Oktagonda u nol. Jangimizda u nima qildi? Xech narsa. U tik holatda yaxshi jang qilishi haqida barcha gapirgandi, men butun bir raund unga shunday imkon berdim", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilning 6 oktyabrida Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorni mag'lub etgandi.
Fikrlar