27 noy 08:50
Yangiliklar

Nurmagomedov O'zbekistondagi GFC 20 turniri taassurotlari bilan o'rtoqlashdi
Uning aytishicha, turnir katta ajiotaj keltirib chiqargan, xattoki janglarni o'z ko'zi bilan ko'rishni istagan ko'plab muxlislar tashqarida qolib ketishgan.
Bu haqida Xabibning otasi Instagramdagi sahifasi orqali malum qildi.
"Toshkentda ilk marotaba tashkil etilgan GFCning 20-yubiley turnirida 15 000 dan ortiq muxlis qiziqarli janglarni kuzatdi. Bitta turnirga bunday sondagi muxlislarning kelishi ilk marotaba bo'ldi. Ikki mingdan ortiq muxlis chipta yo'qligi sabab arenaga kira olmadi.
Eng asosiysi, O'zbekistonda ilk marotaba tashkil etilgan bunday musobaqaning tashkiliy jarayoni yuqori saviyada bo'ldi. Xalq uchun shunday bayram qilib bergan jangchilar va rahbariyatga rahmat", - deb yozadi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, turnirga faxriy mexmon sifatida MMAchilar Xabib Nurmagomedov, Frenk Mir, Jeff Monson, afsonaviy bokschi Roy Jons, mashhur oshpaz Nusret va boshqalar tashrif buyurishgandi.
Fikrlar