21 apr 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning menejeri: Xabib yutqazdi!
Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozi bilan bo'lgan voqealar haqida fikr bildirdi.
“Kim nima deyotgan bo'lsa, o'zi biladi. Xabib AQSHda etti hafta bo'ldi. U bu erga o'zi bilan sakkiz kishini olib keldi va yuz ming dollar sarfladi. Agar u jangdan qochganida bunday qilmagan bo'lardi.
U yutqazdi. Nega? Sababi vaqtdan yutqazdi. Xabib tayyorgarlik uchun, oilasi va farzandidan uzoqda bo'ldi. SHu tomonlama Xabib yutqazdi desak xato bo'lmaydi, Endi o'tib ketgan vaqtni qaytarib bo'lmaydi”, - dedi Ali.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar
Lekn hudo hohlasa jangda yutadi