09 iyu 09:15
Yangiliklar

Nurmagomedovning murabbiyi: Xabib faoliyatini yakunlasa, uni qo'llab-quvvatlayman
Ko'pchilik otasining o'limidan keyin Xabib Nurmagomedov faoliyatini davom ettiradimi, degan savol qiziqtirishi tabiiy. Uning murabbiyi Xaver Mendes Xabibning har qanday qarorini qo'llab-quvvatlashini malum qildi.
"Agar u jang qilishni istasa, uning yonida bo'laman. Mabodo, faoliyatini yakunlashini xohlasa, bu fikrni ham qo'llab-quvvatlayman. Uning qarori noto'g'ri ekanligini tushunib etsam, albatta unga to'g'ri yo'l ko'rsataman.
Bir narsani aniq bilaman: u otasining ishini davom ettiradi. Xabib sportchi bo'la turib bir necha yosh yulduzlarni shug'ullantirgan", - dedi Mendes.
Eslatib o'tamiz, Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov 3 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so'ng 57 yoshida vafot etgan edi.
Fikrlar