15 apr 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev UFC'dagi keyingi jangi qachon bo'lishiga ishora berdi + FOTO
O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev Instagram sahifasiga yangi storis joyladi.
Unda Ro'ziboev keyingi jangini 1 iyun kuni UFC 302 turnirida yoki 22 iyun kungi UFC Fight Night oqshomi doirasida o'tkazishiga ishora qilgan. SHuningdek, Nursulton keyingi jangini yarim o'rta vazn toifasida o'tkazishini ham malum qilgan.
Malumot uchun, UFC 302 turniri 1 iyun kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladi. Uning markaziy jangi Islam Maxachev va Dastin Pore o'rtasida kechadi.
Asosiy jangi Xamzat CHimaev va Robert Uittaker o'rtasida bo'ladigan UFC Fight Night turniri esa 22 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar