03 may 08:56
Yangiliklar
Arina Sobolenko Mutua Madrid Open bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Arina Sobolenko musobaqaning final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Belaruslik tennis malikasi 1/2 final bahsida WTA reytingida 4-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Elena Ribakinani irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi - 1/6, 7/5, 7/6(5).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Sobolenko oldinda bormoqda - 6:3. Arina Elena Ribakinaning 16 ta g'alabadan iborat seriyasiga chek qo'ydi. SHuningdek, Arina dunyoning ikkinchi raketkasi maqomini ham o'zida saqlab qoldi. Agar mag'lubiyatga uchraganida o'z o'rnini amerikalik Kori Goffga bo'shatib berar edi.
Ikki soatu 17 daqiqalik uchrashuvi statistikasi:
Arina Sobolenko - 4 ta eys, 4 ta qo'shxato, 3 ta breyk
Elena Ribakina - 9 ta eys, 3 ta qo'shxato, 4 ta breyk
Fikrlar