03 may 09:59
Yangiliklar
Tennis
Svyontek - Mutua Madrid Open ikkinchi finalchisi!
Madrid shahri mezbonligida o'tayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda finalchilar aniqlandi.
Xuddi o'tgan yildagi singari bosh sovrin uchun bahsda dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari - polshalik Iga Svyontek hamda belaruslik Arina Sobolenko o'zaro kortga chiqadigan bo'ldi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek 1/2 finalda WTA reytingida 20-pog'onada borayotgan amerikalik Medison Kizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Iga oldinda bormoqda - 3:1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar