03 may 10:20
Yangiliklar
Kanelo De La Xoyya haqida: "Agar u yonimga kelganida zarba berib qolgan bo'lardim"
Kaneloning Xayme Mungiyaga qarshi jangiga bag'ishlab o'tkazilgan matbuot anjumanida bokschi sobiq promouteri bilan urishib ketishiga oz qoldi.
"U meni haqorat qildi va men buni shunchaki eshitib o'tirmoqchi emasman. Agar u men tomon kelganida zarba berib qolgan bo'lardim. Jiddiy aytyapman. U o'z jangchisiga tupurib qo'ygan - barcha etiborni o'ziga qaratmoqchi bo'ladi.
U Mungiyaga, bu bokschi faoliyatidagi eng zo'r hafta ekanligiga tupurib qo'ygan. Xaymeni faoliyatidagi eng katta jang kutayotgani ham unga bir tiyin. Oskar faqat o'zi haqida o'ylaydi", - dedi Saul Alvares.
Malumot uchun, Saul Alvares bir paytlar promouter Oskar de la Xoyya bilan hamkorlik qilgan. Biroq, tushunmovchiliklar sabab ular hamkorlikni tugatishgan.
Fikrlar