03 avg 18:25
Yangiliklar
Voleybol, Tokio-2020
Ochilish marosimida mezbonlar bayrog'ini voleybolchi ko'taradi
Bizning vaqt bilan 6 avgust kuni tong saharda Rio-de-Janeyro shahridagi “Marakana” stadionida Yozgi olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Ushbu katta sport forumida to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi mezbonlarining davlat bayrog'ini stadion bo'ylab ko'tarib o'tish baxti voleybolchiga nasib qildi.
Braziliya terma jamoasi azosi Serjio Santos ushbu sharafli vazifani ado etadi. Santos 2004 yili Afinada o'tkazilgan olimpiya o'yinlari chempioni bo'lgan. 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalarda kumush medallar bilan taqdirlangan. 2002 va 2006 yillarda jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar