So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

20 fev 12:48
Yangiliklar

Futbol

OCHL 2`da hammasi tugadi: Markaziy Osiyodan hech kim qolmadi

Teglar :  OCHL 2
Nufuzi bo'yicha Elit Osiyo CHempionlar Ligasidan keyingi o'rinda turadigan OCHL 2 turnirida nimchorak final o'yinlari o'tkazildi.

10-12 fevral dastlabki uchrashuvlar o'tkazilgan bo'lsa, javob o'yinlari 17-19 fevral oralig'ida bo'lib o'tdi.

Nimchorak final yakunlariga ko'ra, G'ARB mintaqasidan BAAning "Al Vasl", Iordaniyaning "Al Husseyn", Saudiya Arabistonining "Al Nassr" hamda Qatarning "Al Ahli" klublari 1/4 finalga yo'l olishdi.

SHuningdek, SHARQ mintaqasida ham chorak finalchilar aniqlandi. Tailandning "Ratchaburi" va "Bangkok Yunayted", Singapurning "Tampines Rovers" hamda Yaponiyaning "Gamba Osaka" klublari o'z raqiblarini ortda qoldirib keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etishdi.

Ushbu mavsum bu musobaqada Markaziy Osiyodan to'rtta jamoa qatnashdi. O'zbekiston Kubogi g'olibi sifatida ilk bor qatnashgan "Andijon" guruhdan chiqa olmadi. Jamoamiz besh durang va bir mag'lubiyat bilan 5 ochko to'plagan holda afsuski, guruh bosqichini oxirgi o'rinda yakunladi.

Bizga yaxshi tanish bo'lgan Dushanbening "Istiqlol" klubi Tojikiston chempioni sifatida turnirda qatnashib, bu jamoa ham o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunladi. Yon qo'shnilarimiz oltita o'yinning uchtasida g'alaba qozonib, 9 ochko to'plagan bo'lishlariga qaramay faqat to'plar nisbatiga ko'ra, Iroqning "Al Zavra" klubidan ortda qolishdi.

OCHL 2da Turkmanistondan ikkita klub ishtirok etdi. "Ahal" ham xuddi "Andijon" va "Istiqlol" singari o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan bo'lsa, sekin-asta yuqoriga odimlab borayotgan "Arkadag'" guruhdan chiqishni uddalay oldi va nimchorak finalda Saudiyaning "Al Nassr" klubiga imkoniyatni boy berdi. Har ikkala o'yin 1:0 hisobida riyodliklar foydasiga hal bo'lganini eslab o'tish joiz.

SHunday qilib, Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasining chorak finalida Markaziy Osiyodan hech kim qolmadi. Odatdagidek buyog'iga yana arablar kurashni davom ettiradi. 1/4 final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:

"Al Vasl" - "Al Nassr"

"Al Ahli" - "Al Husseyn"

"Gamba Osaka" - "Ratchaburi"

"Bangkok Yunayted" - "Tampines Rovers"

Dastlabki uchrashuvlar 3-5 mart, javob bahslari 10-12 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Musobaqa nizomiga ko'ra, chorak final va yarim final o'yinlari ikkita uchrashuvdan iborat bo'ladi. Yarim final dastlabki uchrashuvlar 7-8 aprel, javob o'yinlari 14-15 aprelga belgilangan. Musobaqaning hal qiluvchi final bahsi 17 may kuni o'tkaziladi.

OCHL 2 reglamentiga ko'ra, G'arbdan qaysi jamoa finalga chiqsa, final shu jamoa maydonida bo'lib o'tadi. Bu degani hal qiluvchi bahsga BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar yoki Iordaniya mezbonlik qiladi. Yana bir malumot, final bitta o'yindan iborat bo'ladi va bir paytlar bo'lgani kabi javob bahsi o'tkazilmaydi.


Xayrulla Xoliqov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing