11 fev 18:42
Yangiliklar
Futbol

OCHL. "Istiqlol" muxlislari uchun Olmaliqqa bepul avtobus tashkil qilindi
Tojikiston futbol federaciyasi (TFF) AGMK hamda "Istiqlol" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi saralash o'yini uchun tojikistonlik muxlislarga qulaylik yaratdi.
"Istiqlol" rasmiy saytida berilgan malumotga ko'ra, TFF ishqibozlar uchun tekin avtobus tashkil qilgan.
Bugun, 11 fevral kuni kechasi uchta avtobus 100dan oshiq muxlislar bilan birga "Istiqlol"ni qo'llab-quvvatlash uchun Dushanbedan Toshkent viloyatiga yo'l oladi. Avtobuslar o'yin yakunlanishi bilan ishqibozlarni Dushanbega eltib qo'yadi.
Eslatib o'tamiz, bu Tojkistonning "Istiqlol" klubi uchun OCHLdagi debyut o'yin hisoblanadi. AGMK - "Istiqlol" o'yini 12 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar