19 okt 19:20
Yangiliklar
Futbol

OCHL. Masharipov chorak finalning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi va ramziy jamoadan ham o'rin egalladi
"Al Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OCHLda chorak finalning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz to'p tepayotgan Saudiya Arabistoni jamoasi chorak finalda "Al Vahda"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi.
Masharipov ushbu bahsda 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Xavbek chorak finalning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishdan tashqari ramziy jamoadan ham o'rin egalladi.
Havola :
Manba : The AFC
Fikrlar