Unda hamyurtlarimiz 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yinning 71-daqiqasida Lyudmila Karachikning burchakdan to'g'ridan-to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketdi va ushbu gol yagonaligini saqlab qoldi. SHu orqali "Sevinch" saralashning ikkinchi o'yinida ham g'alabaga erishib, OCHL guruh bosqichi uchun bir qadam tashladi.
Endi "Sevinch" 3-turda Tailandning "Kollej of Eyshn Skolars" jamoasiga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs g'olibi OCHL guruh bosqichiga yo'llanma oladi. Uchrashuv 31 avgust kuni o'tkaziladi.
Fikrlar