10 iyu 18:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Oddiy massajchidan mashhur bokschining mashuqasiga aylangan qizaloq haqida
Dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri Floyd Meyvezerning dugonasi Dorali Medina sevimlisi tomonidan sovg'a qilingan qimmatbaho sovg'alar bilan maqtanishni yaxshi ko'radi.
Floyd bilan tanishganidan keyin u bokschi unga sovg'a qilgan 20 million funtlik "saroy"ga ko'chib o'tadi. Tug'ilgan kuniga esa 200 ming funtlik Rolls Royce Ghostni sovg'a sifatida oldi.
Dorali AQSHdagi meksikalik emigrantlar oilasida tug'ilgan. Tibbiyot kollejini tugatgan qiz o'qishdan so'ng massajchi sifatida ishlay boshladi.
Aynan shu narsa unga Floyd bilan tanishishga yordam beradi: 2011 yila bokschi Viktor Ortisga qarshi jang oldidan Medinani shahsiy massajchi sifatida jamoasiga taklif qiladi. Oradan vaqt o'tib, ularning munosabatlari jiddiylasha boshladi.
"Mening juda omadim kelgan. Floyd o'ziga yaqin insonlarga nisbatan juda etiborli", - deydi qizaloq.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar