20 avg 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Oktyabr oyidagi UFC Fight Night turnirining yana bir qiziqarli jangi malum
Malum bo'lishicha 1 oktyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 211 turnirida og'ir vazn toifasi vakillari - Jairzino Rozenstrayk va Kris Dakas o'zaro to'qnash keladi.
Jang tashkil etilgani haqida vaziyatga yaqin bo'lgan manbalar xabar bermoqda.
Jangchilar so'ngi ikkita jangida mag'lubiyatli seriya qayd etib kelmoqda. 34 yoshli Jairzino Rozenstruyk so'ngi bor Kyortis Bleyds va Aleksandr Volkovga imkoniyatni boy bergan. 32 yoshli Kris Dakas ham so'ngi ikkita jangida Kyortis Bleyds va Derrik Lyuisga mag'lub bo'lgan.
Jairzino Rozenstruyk hozirda UFC og'ir vazn toifasi reytingida to'qqizinchi, Kris Dakas esa o'ninchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar