So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

28 fev 10:42
Yangiliklar

Velosport

Olga Zabelinskaya bugun Tokio Olimpiadasining yana bir licenziyasi uchun kurashadi

Bugun Germaniyaning Berlin shahrida davom etayotgan velotrek bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi kun dasturida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya ishtirok etadi.

Sportchimiz bugungi dasturda omnium yo'nalishida jahon chempionati medali qatori Tokio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun kurashadi.

Omnium – velotrekning ko'pkurash yo'nalishi bo'lib, unda ishtirokchilar kun davomida 4 bor startga chiqishadi. G'olib har bir yo'nalish bo'yicha jamg'arilgan ochkolar yig'indisiga qarab aniqlab olinadi.

Kunduzgi dastur Toshkent vaqti bilan 19:00 dan boshlanib, yurtdoshimiz skretch va tempo reys bo'yicha startga chiqadi. 22:30 dan esa kechki dastur boshlanadi. Unda elimineyshn hamda ochkolar poygasi bo'yicha dasturlar belgilab qo'yilgan. So'nggi start Toshkent vaqti bilan taxminan 00:30 ga to'g'ri keladi. Biroq vaqt avvalgi bahslar yakuniga qarab o'zgarishi mumkin. Musobaqa “Eurosport2” telekanalida to'liq namoyish qilinmoqda.

Jahon chempionati Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi so'nggi startdir. Musobaqa yakunidan so'ng jahon reytingining kuchli 21 taligidan o'rin olgan sportchilar Olimpiadaga yo'llanma oladi. Zabelinskaya ushbu yo'nalishda reytingning 24-pog'onasida turibdi. Musobaqada sportchimiz taxminan kuchli beshtalikka kira olsa, Olimpiada yo'llanmasini naqd qilib qo'yadi. Sportchimiz kuchli beshlikka kira olmasa, Olimpiada licenziyasi raqiblarning natijasiga bog'liq bo'lib qoladi.

Sportchimizga bo'lajak startlarda omad va zafar tilab, Olimpiada licenziyalarimiz soni yana bittaga ko'payishini niyat qilib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing