18 apr 13:29
Yangiliklar

Olimpiada-2008. Uaylder, Lomachenko va Pekin Olimpiadasida sovrindor bo'lgan bokschilar
Bugun 2008 yili Pekindagi Olimpiya o'yinlari chempionlari ro'yxati bilan tanishtiramiz.
2008 yilgi Olimpiya o'yinlarida chempion bo'lgan bokschilar ro'yxati:
-48 kg: Ju SHiming (Xitoy)
-51 kg: Somjit Jongjoxor (Tailand)
-54 kg: Enxbatin Badar-Ugan (Mo'g'uliston)
-57 kg: Vasiliy Lomachenko (Ukraina)
-60 kg: Aleksey Tishenko (Rossiya)
-64 kg: Manuel Feliks Dias (Dominikan Respublikasi)
-69 kg: Baxit Sarsekbaev (Qozog'iston)
-75 kg: Jeyms Digeyl (Britaniya)
-81 kg: Jang Xiaoping (Xitoy)
-91 kg: Raxim CHaxkiev (Rossiya)
+91 kg: Roberto Kammarelle (Italiya)
Ushbu Olimpiadada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari medal qo'lga kirita olishmagan. Ikki bokschimiz - Dilshod Mahmudov va Elshod Rasulov o'z ishtiroklarini yarim final ostonasida tugatishgandi. -57 kg vaznli Bahodir Sultonov esa ikkinchi jangida Vasiliy Lomachenkoga yutqazgan.
Pekin Olimpiadasi sovrindorlari qatorida Roniel Iglesias (bronza), Deontey Uaylder (bronza) kabi mashhur bokschilarni ko'rishimiz mumkin.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar