17 okt 22:21
Yangiliklar
Boks/MMA, Olimpiya o'yinlari
Olimpiada-2018. Bokschimiz Jahongir Rahmonov bronza medalini qo'lga kiritdi!
Argentinada III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari yakuniga etib bormoqda.
Musobaqada o'zbekistonlik yosh sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqdalar. Biroz avval boks bahslarida hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Rahmonov bronza medali uchun kechgan jangda ozarbayjonlik Nijat Hasanovni mag'lubiyatga uchratdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Ushbu medal O'zbekiston terma jamoasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 13-medal bo'ldi. Ayni paytda O'zbekiston sport delegaciyasi hisobida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medali mikst bahslarida qo'lga kiritilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar