10 fev 12:30
Yangiliklar
Olimpiada-2018. O'zbekistonlik sportchilarning ishtiroki qachonga mo'ljallangan?
Mazkur sport bayramida O'zbekiston sharafini ikki nafar sportchi himoya qiladilar. Figurali uchish bahslarida Misha Ge muzga chiqsa, Qomil To'xtaev tog' chang'isi bo'yicha o'z omadini sinab ko'radi.
O'zbekistonlik sportchilarning musobaqadagi ishtiroki qaysi kunlarga belgilangan? SHu savolga javob beramiz.
Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge 16 fevral kuni “Gangneung Ice Arena” muz saroyida qisqa dasturlarda chiqish qilsa, 17 fevralda erkin dasturda o'z omadini sinab ko'radi.
Komil To'xtaev esa 18 fevral kuni tog' chang'isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22 fevralda esa slalom bo'yicha musobaqada qatnashadi. Tog' chang'isi bo'yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar