So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

25 iyu 13:40
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

OLIMPIADAGACHA. Pekindagi Olimpiada O'zbekiston uchun qanday o'tgan?

O'zbekiston 2008 yil 8 avgustdan 24 avgustga qadar Xitoyning Pekin shahrida bo'lib o'tgan Olimpiadada ishtirok etgan.

Delegaciyamiz vakillari 13 ta sport turidan 56 nafar sportchi (41 nafar erkak, 15 nafar ayol) bilan o'yinlarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan.

Qaysi sport turidan necha nafar sportchi ishtirok etgan? 

Boks - 7 nafar 

Erkin kurash - 5 nafar 

Yunon-rum kurashi - 3 nafar 

Sport gimnastikasi - 2 nafar 

Baydarka va kanoeda eshkak eshish - 1 nafar 

Akademik eshkak eshish - 1 nafar 

Dzyudo - 8 nafar 

Engil atletika - 12 nafar

Suzish - 7 nafar 

O'q otish - 2 nafar 

Og'ir atletika - 2 nafar 

Tramplindan sakrash - 1 nafar

Velosport - 1 nafar 

Taekvondo - 3 nafar

Tennis - 1 nafar 

Sovrindorlar 

O'zbekiston ushbu Olimpiya o'yinlarida 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritgan. Dzyudo bo'yicha +100 kg vaznda Abdullo Tangriev turnirning finaliga qadar etib borib, yakunda kumush medalga ega chiqqan. Gimnastika bo'yicha erkaklardan Anton Fokin hamda ayollardan Ekaterina Xilko bronza medaliga sazovor bo'lgan bo'lsa, dzyudo bo'yicha 60 kg vazn toifasida Rishod Sobirov ham bronza medalini o'ziniki qilgan. Takidlash lozimki, erkin kurash bo'yicha Soslan Tigievning kumush va Artur Taymazovning oltin medallari HOQ tomonidan doping sababli bekor qilingan. 

O'zbekiston ushbu natija bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 62-o'rinni band etgan. Reytingning birinchi pog'onasini Xitoy (51 ta oltin, 21 ta kumush, 28 ta bronza), ikkinchi o'rnini AQSH (36 ta oltin, 38 ta kumush, 36 ta bronza) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka esa Rossiya (23 ta oltin, 21 ta kumush, 28 ta bronza) yakun yasagan.

Xitoyda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 204 ta mamlakatdan 10942 nafar sportchilar 28 ta sport turi bo'yicha musobaqalarda ishtirok etgan.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing