15 fev 12:41
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Olimpida-2018. Ayollar o'rtasidagi tog' chang'isi bahslari boshqa muddatga qoldirildi
Pxyonxchan Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi havo yomonligi tufayli ayollar slalomini kechroq muddatga qoldirdi.
Musobaqa bugun Toshkent vaqti bilan 6:15da bo'lib o'tishi kerak edi. Birinchi urinish avvaliga yarim soatga, so'ng yana bir soatga qoldirildi. Keynroq slalomni 16 fevral sanasida o'tkazishga qaror qilishdi. Birinchi urinish soat 6:00da, ikkinchisi esa 9:15da start olishi ko'zda tutilgan.
Avvalroq, Pxyonchxanda ayollar o'rtasida gigant slalom va erkaklar o'rtasidagi tezkor tushish musobaqalari boshqa sanaga ko'chirilgan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar