So’nggi yangiliklar

09:23Гвардиола Родрига қўнғироқ қилиб, уни "Барселона"га ўтишга кўндирди 0 08:49Чарльз Оливейра яқин дўсти Алан Насиментонинг вафотидан кейин илк бор баёнот берди 0 08:03Лайма Владсоннинг Германиядаги саргузаштлари давом этяпти! Ҳамюртимиз бу сафар ўзидан қарийб 400 поғона баланддаги теннисчини мағлуб этди 0 19:56Рамазон Темиров UFC собиқ юлдузига қарши жанг қилади — манба 0 19:17“Ливерпуль” ва ПСЖ Барколя бўйича келиша олмаяпти 0 18:47Брэди Махачев - Гэрри жанги ҳақида: "Бир дарвоза олдидаги футбол" 0 18:13Таркибида 12 та жанги бор UFC 331 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:48"У ўз имиджини бузмоқда". Даррен Тилл Иан Гэррини аёллар ҳақидаги гаплари учун танқид қилди 0 17:17“Ҳеч ким клубдан устун эмас”: “Реал” Винисиусга ультиматум қўйди 0 17:07Ўзбекистонлик сумочи ўзидан уч баравар оғир рақиби устидан тарихий ғалабага эришди (ВИДЕО) 0 16:49Украина россиялик боксчиларнинг халқаро турнирларга қайтишига кескин қарши чиқди 0 16:16ИНТЕРВЬЮ. Икки Президентнинг меҳрини қозониб, дуосини олган дзюдочи — Ришод Собиров 0 15:50Дана Уайт UFC`ни сотиб олишдан олдин қандай қилиб 380 000 доллар ишлаб топганини айтиб берди 0 15:18“Барселона” Родри учун курашдан чиқди: бунга учта сабаб бор 0 14:51Асосий тўрга саралаш турнири орқали етиб келган теннисчимиз рейтингда ўзидан 530 поғона юқоридаги рақибасини "сочиб" ташлади 0

02 iyu 11:35
Yangiliklar

Suv sporti turlari, Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlari afsonalari: “Mo'ylovdor akula”

Teglar :  SuzishOlimpiadaAQSH
Amerikalik suzuvchi Mark Endryu Spitc to'qqiz karra Olimpiya o'yinlari chempioni hisoblanadi.

Murabbiylar uning mashhur mo'ylovi suzuvchi tezligiga salbiy tasir ko'rsatishi to'g'risida qatiy maslahatlariga qaramasdan sportchi uni oldirmay yurishi uchun Markni “mo'ylovdor akula” deb atashardi.

Mark ikki yoshligidayoq Gonoluludagi mahalliy plyajda har kuni suzardi. 1956 yilda uning oilasi Sakramentoga ko'chib o'tishdi. U bu erda 8 yoshligida suzish bo'yicha mahalliy sport sekciyasiga qatnay boshladi. Keyinroq «Santa Clara Swim Club» o'smirlar klubiga azo bo'ldi. Uning ustozi Markdan tashqari yana oltita Olimpiya chempionlarini tarbiyalagan SHerm CHavur edi.

Mark Spitc Mexikoda 1968 yilda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarining yakkalik bahsida 100 metrga batterflyay va erkin usulda suzish yo'nalishida ishtirok etdi. Ungacha hech kim suzish musobaqalarining ikki turida ishtirok etishga jurat etmagan. SHunga qaramasdan amerikalik suzuvchi suv sportining bu har ikki turida ham oltin medallarni qo'lga kirita oldi. CHunonchi, Mark AQSH terma jamoasining erkin uslubda 4x100 va 4x200 metr masofada kechgan estafetadagi g'alabasida ham hal qiluvchi hissa qo'shgan. SHu bilan birga yuqorida qayd etilgan yakkalik yo'nalishlarida bronza medallariga egalik qilgan.

1968 yildan 1972 yilgacha Mark Spitc juda ko'p musobaqalarda g'olib bo'ldi, bir nechta jahon rekordlarini o'rnatdi. 1971 yilda Amerika Qo'shma SHtatlarining buyuk havaskor sportchilarga beriladigan J.Sallivan nomidagi mukofot sohibi bo'ldi.

1972 yil Myunxenda o'tkazilgan Olimpiadada Mark Spitc shaxsiy birinchilikda to'rtta (100 va 200 metrga erkin, 100 va 200 metrga batterflyay uslubida suzish) oltin medalni hamda jamoa hisobida uchta (4x100, 4x200 metrga erkin uslubda va 4x100 metrga aralash estafetada) oltin medalni qo'lga kiritdi. O'zi qatnashgan ana shu etti musobaqaning hammasida u jahon rekordlarini ham o'rnatdi.

33 karra jahon rekordchisi, 9 karra Olimpiada chempioni – Mark Spitcning bu natijalariga Maykl Felpsdan boshqa hech kim yaqinlasha olmagan.

Mark Spitc 1969, 1971 va 1972 yillarda jahonning eng yaxshi suzuvchisi deb etirof etilgan. Suzuvchi 1972 yilda Olimpiya o'yinlaridan keyin katta sportni tark etgan. Biroq u kutilmaganda 1992 yilgi Olimpiadada ishtirok etishga jurat qildi. Niyatining nihoyatda jiddiyligini hatto mashhur mo'ylovini qirdirib tashlaganidan ham bilish mumkin edi.

Lekin u yosh sportchilar bilan tengma teng kurasha olmagan. AQSH terma jamoasi azolarini Olimpiya o'yinlariga saralash musobaqalarida 100 metrga batterflyay uslubida suzishda 55,5 soniya natijasini ko'rsatish kerak bo'lgan, Maks esa 58,03 soniya natijasini qayd etdi. SHundan so'ng u katta sportni uzil-kesil tark etgan.

Ammo uning sport olamidagi xizmatlari unutilmadi. XX va XXI asrlar to'qnash kelganida o'tmish yuz yillikning eng yaxshi sportchilari aniqlanayotgan paytda uni jahonning yigirmanchi asr eng yaxshi oltita sportchisi qatoriga kiritishgan va asrning dunyodagi eng yaxshi suzuvchisi deb etirof etilgan. O'sha paytda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ham Mark Spitcni XX asrning jahonning besh eng yaxshi sportchilaridan biri deb elon qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing