So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

12 avg 07:42
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlari tarixidan ko'z ko'rib, quloq eshitmagan qiziqarli faktlar (davomi)

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
1900 yil Parijda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilarga oltin medal berish o'rniga ular suratlar taqdirlanishgan.

CHunki o'sha paytlar bunday sovrin juda qimmatbaho sanalgan.

Ilk bor o'tkazilgan Olimpiya o'yinlariga nozik xilqat vakilalari qo'yilmagan. Biroq, tez orada yani 1900 yili Parijda o'tgan Olimpiadada har bir jamoada ayollar paydo bo'ldi. Aytish joizki, o'sha paytlarda tribunalarda hozirgidagidek tomoshabinlar kam bo'lib, asosan sportchilarning o'zi kuzatuvchi bo'lganlar.

Tomoshabinlar televidenie orqali ilk bor Berlin-1936 Olimpiya o'yinlarini ko'rgan.

Amerikalik gimnast Jorj Eyser 1904 yil Sent-Luis (AQSH)da bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlari musobaqasida bir kunda

 

6 ta medalni qo'lga kiritgan: 3 ta oltin (parallel brus, tayanib sakrash va arqonga chiqish), 2 ta kumush (7 snaryad va ot ustida mashq) va bitta bronza (to'sinda mashq) medallarini jamg'argan. Aytish kerakki, Jorj Eyser nogiron edi, uning chap oyog'ida yog'och protez bo'lgan. Ana iroda!

Los Anjeles (AQSH)da 1932 yilda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlariga Braziliya mamlakati (krizis tufayli) o'zining 69 nafar sportchilarini pulsiz, ammo qahva to'la yuk bilan jo'natishgan. Bundan maqsad, terma jamoaga portda tovarlarni sotib, o'zini moliyalashtirishni taklif etishgan. Afsuski, bu taklif ish bermadi, bazi braziliyalik sportchilar o'z yonlaridan ehtiyojlari uchun pul to'lashdi, hatto bazi sportchilar mablag'i yo'qligi tufayli uyga qaytishgan. Faqat 24 nafar sportchi kemadan Los Anjeles portiga qadam qo'yishga muvaffaq bo'lgan va musobaqada qatnashgan xolos. Ha, shu davr sportchilarini tushunsa bo'ladi.

1976 Olimpiya o'yinlarining Monrealda o'tkazilishi Kanada iqtisodiyotiga o'z salbiy tasirini ko'rsatdi. Mamlakat hukumati Xalqaro Olimpiya qo'mitasi fondiga besh milliard mablag'ni o'ttiz yil davomida to'lashga majbur bo'lishgan! Eng qiziqarlisi, hech bir kanadalik sportchi ushbu Olimpiadada birorta medalni qo'lga kiritmagan.

MOQ Axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi SH.Nazarov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing