So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

05 avg 14:49
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlari tarixidan qiziqarli faktlar

Eng qiziq lahzalardan biri 1972 yilda Yaponiyaning Sapporo shahrida o'tkazilgan XI qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimiga tayyorgarlik ko'rish vaqtida sodir bo'lgan.

Olimpiya Xartiyasi qoidasiga ko'ra halqalar ko'k-sariq-qora-yashil-qizil ketma ketligida joylashishi belgilangan. Olimpiya bayrog'i stadionga keltirilgach, sinchkov tomoshabinlardan biri bayroqdagi halqalar joylashuvi chalkashib ketganligini ko'rib, tashkiliy qo'mita azolariga etibor berishni so'ragan. Aniqlanishicha, ushbu “xatolik” bilan Olimpiya bayrog'i 1952 yildan beri qishki Olimpiya o'yinlarida namoyish etilib, yigirma yil ichida esa hech kim hech narsani payqamagan. Ana xolos!

Moskva Olimpiadasi ochilishidan ancha oldin Paralimpiya harakati rahbari doktor Gutman Olimpiada-80 o'yinlari tashkiliy qo'mitasidan nogironlar Olimpiadasini o'tkazishni so'ragan va aniq javob olmagan. Partiya va sport rahbarlari SSSRda nogironlar yo'q deb hisoblashgan. Ishonish qiyin! Natijada, Paralimpiya o'yinlari Moskvada emas, Niderlandiyada o'tkazilgan.

Berarus milliy xokkey terma jamoasi hujumchisi Vladimir Kopat 2002 yil AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida bo'lib o'tgan qishki Olimpiya o'yinlarida shvedlar darvozaboni Tommi Salo qo'riqlayotgan darvozaga ajoyib tarzda gol kiritgan. Hisob 3:3 bo'lib turgan va o'yin tugashiga 2 daqiqa qolgan vaqtda navbatdagi beshlik almashinuviga ketishi lozim bo'lgan Vladimir Kopat o'yin maydonidan chiqishdan oldin har ehtimolga qarshi shaybani uzoq masofadan ko'k chiziq tashqarisidan darvozaga yo'naltirishga qaror qiladi va aql bovar qilmaydigan holat sodir bo'ldi. SHved darvozaboni Salo shaybani elkasi bilan to'xtatishga harakat qiladi, lekin shayba bo'yniga sirg'alib, yumalab darvoza to'riga tushadi. Bu kulguli gol holati sensacion tarzda belaruslarni Olimpiya o'yinlarining yarim finaliga olib chiqdi. Ofarin!

Pekindagi 2008 Olimpiya o'yinlarining qo'g'irchoq tumorlari beshta ramzni ifodalaydi – qaldirg'och, baliq, panda, tibet sayg'og'i va Olimpiya olovi. Bu tumorlarda Bey-Bey, Czin-czin, Xuan-xuan, In-in, Ni-ni nomli ismlari bor. Agar tumor nomlarining birinchi bo'g'inlari bitta jumlaga kiritilsa – «Pekinga xush kelibsiz» ramziy iborasi hosil bo'ladi. Ajoyib!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing