20 okt 14:58
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari tarixidan qiziqarli faktlar
U bolaligida poliomielit kasalligiga chalingan. Malum vaqtgacha nogironlar aravasida yurgan. Lekin muntazam olib borilgan mashg'ulotlardan keyin sog'ayishga muvaffaq bo'lgan va oyoqlarini chiniqtirish uchun sakrash mashg'ulotlari bilan shug'ullanib kelgan.
Efiopiyalik sportchi Abebe Bikila 1960 yil Rimda o'tkazilgan marafonda oyoq yalang yugurgan. Ushbu marafonda Abebe Bikila birinchi marotaba oltin medalni qo'lga kiritgan afrikalik qora tanli sportchi hisoblanadi.
Franciyaning SHamoni shahrida bo'lib o'tgan I qishki Olimpiya o'yinlarida tramplindan sakrash bo'yicha norvegiyalik sportchi Torleyf Xyoug 18 ochko bilan bronza medalini qo'lga kiritdi. AQSH vakili Anders Xaugen 17.916 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallagan. Oradan 40 yil o'tib, aniqlanishicha, Torleyf Xyougning natijasi noto'g'i hisoblanganligi, u aslida 17,821 ochko olganligi malum bo'lgan. Haqiqat qaror topib, 1974 yil 86 yoshli amerikalik Anders Xaugenga bronza medal topshirilgan.
Fikrlar