So’nggi yangiliklar

11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0

22 noy 18:47
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Olimpiya o'yinlari tarixidan qiziqarli faktlar

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
Eng tez yuguruvchi erkak va ayolllar sifatida, albatta, yamaykaliklar etirof etiladi.

Ha, yugurish bu erda sharafdir. Qisqa masofaga yugurish bo'yicha sakkiz karra Olimpiya o'yinlari chempioni Useyn Boltning ham ona vatani Yamayka hisoblanadi.

Yamayka terma jamoasi qishki Olimpiya o'yinlarida (1988 yil, Kalgari) ishtirok etgan, tropik iqlimga ega birinchi mamlakat hisoblanadi. Musobaqada terma jamoa ayrim texnik sabablarga ko'ra belgilangan vaqtda marraga etib bormagan bo'lsada, qishki Olimpiya o'yinlari ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo'lishgan.

Berlinda 1936 yili bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida yaponiyalik erkaklar Syuxey Nisida va Sueo Oe langarcho'pga tayanib sakrash bo'yicha musobaqada bir xil 4.25 metr natija ko'rsatgan. G'olibni aniqlash versiyasiga ko'ra, ushbu vaziyatdan chiqish uchun tanga tashlangan va shu tariqa medallar sportchilar o'rtasida taqsimlangan. Kumush medal Syuxey Nisidaga, bronza Sueo Oega nasib qilgan. Lekin ular vataniga qaytgach medallarni yarmini arralab, har biri kumush-bronza medalini yasab olishgan.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tibbiy komissiyasi rahbari shahzoda Aleksandr de Merod 1980 yilda Moskvada o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarini eng halol Olimpiada deb atagan. SHu davrda 9292 doping testlari o'tkazilgan va ularning hech biri ijobiy natija ko'rsatmagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing