03 apr 16:02
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari tarixidan: uchib ketgan AQSH bayrog'i
Ana shunday voqealardan biri London-2012 Olimpiya o'yinlarida ro'y bergan.
Ayollar o'rtasida tennis bo'yicha yakkalik bellashuvida amerikalik Serena Uilyams finalda azaliy raqibasi rossiyalik Mariya SHarapovani mag'lub etib, musobaqaning oltin medaliga, belaruslik Viktoriya Azarenko esa bronza medaliga sazovor bo'lgan edi. Qiziq voqea esa taqdirlash marosimida ro'y bergan.
Marosim ananaga muvofiq g'olib mamlakat madhiyasi ostida 3 davlat bayrog'ining ko'tarilishi bilan boshlandi. AQSH davlat madhiyasi yangrayotgan payt kuchli shamol tasirida mamlakat bayrog'i flagshtokdan chiqib ketadi va Uimbldon korti uzra ucha boshlaydi. Kortda esa Rossiya va Belarus mamlakatlari bayrog'i qoladi.
Tabiiyki, bu holdan tennischilar kulib yuborishadi. Tashkilotchilar esa bayroqni qayta ilishni lozim topishmagan.
Fikrlar