17 iyu 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Olimpiya o'yinlarida boks bo'yicha bahslarning yoshga doir cheklovlari o'zgardi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Tokioda o'tkaziladigan Olimpiadada boks musobaqalarining yoshga doir cheklovlarini o'zgartirdi. Bu borada licenzion turnir va o'yinlarning o'zi uchun yana bir yil qo'shib berildi.
Endi bahslarda 41 yoshli bokschilar ham qatnashishi mumkin bo'ladi. 1980 yilning 1 yanvaridan 2002 yilning 31 dekabri oralig'ida tavallud topgan charm qo'lqop ustalari Tokio Olimpiadasi va uning kvalifikacion bahslarida ishtirok eta olishi mumkin.
Malumot uchun, hozirga kelib 43 mamlakatdan 112 nafar bokschi Tokiodagi o'yinlarga licenziyani qo'lga kiritib bo'lgan. Navbatdagi licenzion turnirlarda yana 174 yo'llanma o'z egasini kutmoqda. Ushbu turnirlar 2021 yilda tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, shu kungacha O'zbekiston terma jamoasining 7 nafar bokschisi Tokio Olimpiadasi licenziyalarini naqd qilib ulgurgan.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar