16 mar 11:27
Yangiliklar
Futbol

Olimpiya terma jamoamizning Dohaga boradigan tarkibi malum
Timur Kapadze O'zbekiston U-23 terma jamoasining mart oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.
Malumot uchun, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Dohada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Timur Kapadze shogirdlari yig'in doirasida Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : Uzbekistan FA
O’xshash yangiliklar
22:35
U-17 Osiyo kubogi. O'zbekiston finalda 9 kishi bo'lib qoldi va yakunda chempionlikni qo'lga kiritdi 0
Fikrlar