16 jan 16:13
Yangiliklar
Ommalashgan 5000 qadam + FOTO
CHirchiq shahri aholisi o'rtasida "Besh ming qadam" loyihasi allaqachon ommalashib ulgurgan.
Boisi, haftaning har shanba kuni erta tongda CHirchiq shahar "Kimyogarlar" madaniyat saroyi oldida minglab odamlar ertalabki badantarbiya mashqlari va besh ming qadam yurish uchun to'planishadi.
Bugun erta tongda ham xuddi shunday bo'ldi. CHirchiq shahar hokimi boshchiligida barcha korxona va tashkilotlardan ishchi xodimlar, o'quvchi yoshlar va kattalar, xullas etti yoshdan etmish yoshgacha bo'lgan aholi ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarib, besh ming qadam yurishdi.
Bugun mazkur "Besh ming qadam" loyihasida ishtirok etganlar endi kun bo'yi tetik va xush kayfiyatda yurishi aniq!
Ravshan DASTIROV, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar