So’nggi yangiliklar

17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0 11:38Ўзбекистонлик саблячилар Жаҳон кубогида икки медаль қўлга киритди 0 11:07Бугун Жаҳон чемпионатининг жамоавий аралаш беллашувларида иштирок этамиз (Жуфтликлар) 0 10:36Нажмиддин Қосимҳожиев ва Озода Собиржонова Париж Гран-присида совриндор бўлди 0

27 noy 10:36
Yangiliklar

Tennis

Ommaviylik – salomatlik garovi!

Teglar :  TennisSamuk Obidov
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi – iqtidorli tennischilarni tayyorlaydigan mamlakatimizning etakchi talim dargohi sanaladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish to'g'risida”gi PP-848-sonli qarori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 iyundagi 132-son “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining faoliyatini etish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, 2008 yildan etiboran Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi o'z faoliyatini boshlagan.

Bugungi kunda bu erda 60 nafarga yaqin istedod egalari tennisning o'ziga xos sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Umidli yoshlar turli ko'rinishdagi nufuzli turnirlarda munosib qatnashib, sovrindorlar safidan joy olishyapti. 

Yurtimizda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida, aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni tanlash hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar olib borilyapti. 

Sport maktabida hukumatimizning sport sohasiga oid qabul qilinayotgan hukumatimiz qarorlarini hayotga tatbiq etishda diqqatga sazovar ishlar amalga oshirilmoqda. 

Umuman olganda, mamlakatimizda sport sohasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani bor, haqiqat. Jumladan, muhtaram  Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, 2020 yil 24 yanvar kuni “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5924–sonli Farmoni, shuningdek, 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash yuzasidan sport tadbirlari tashkil etilyapti.

Masalan, “Umid”, “Orzu kubogi” hamda “Fortuna” turnirlari o'tkazildi. Unda havaskor tennischilar bilan birga xotin-qizlar ham o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Noyabr oyi boshida Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi tashabbusi bilan “Sport salomatlik garovi” shoiri ostida yugurish bo'yicha estafeta musobaqasi tashkil etildi. Unda Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanidagi 50, 64, 187, 308-sonli umumtalim maktablari o'quvchilari o'zaro bahs yuritishdi. 

Takidlash joizki, mazkur sport tadbiri Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi mamuriyati tomonidan juda yuqori saviyada uyushtirildi. Musobaqaning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi  qoshidagi harbiy orkestr tomonidan O'zbekiston davlat madhiyasi ijro etildi. SHundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi Otabek Jiyanboev so'zga chiqib, yosh sportchilarga omad tiladi. Uch yosh toifasida kechgan bellashuvlarda qatnashuvchi jamoalarning 4 nafardan vakili belgilangan 400 metr masofani bosib o'tishdi. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlarga O'zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirzo Ulug'bek tumani kengashi tomonidan tasis etilgan medallar, diplomlar, esdalik sovg'alari va maxsus kuboklar o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Samuk Abidov, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori, “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy”, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirzo Ulug'bek tumani kengashi deputati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing